» » Meksikaning Akapulko shahri yaqinida yuz bergan otishmada 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Akapulko shahri yaqinida yuz bergan otishmada 11 kishi halok bo‘ldi


Meksika g‘arbidagi Gerrero shtati Akapulko shahri yaqinida yuz bergan otishmada 11 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.

Otishma La Konsepson aholi yashash punktida mahalliy harbiy tuzilma va festival ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida yuz bergan.

Shaharda festival o‘tayotgan paytda mahalliy otryad a’zolari va aholi o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Janjalga harbiy tuzilma tomonidan yosh yigitning hibsga olinishi sabab bo‘lgan. Shaharga qurollangan shaxslar yetib kelib, otryad a’zolari bilan otishma boshlagan. Otishma vaqtida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Yana uch kishi davlat politsiyachi tomonidan harbiy tuzilma a’zolarining o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan. Vaziyatni tartibga solish uchun armiya bo‘linmalari ham jalb qilingan.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют