» » Shavkat Mirziyoyev: Odamlar saharlikka tursa, hammayoq zimiston. Qaysi davrda yashayapmiz?! (video)

Shavkat Mirziyoyev: Odamlar saharlikka tursa, hammayoq zimiston. Qaysi davrda yashayapmiz?! (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni Toshkent viloyatida tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif davomida xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada nutq bilan chiqish qilgan Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq vaziyatga ham to‘xtalib, hudud aholisi chiroq o‘chishi nimaligini bilmasligi lozimligini ta’kidlagan.

Lekin elektr har kuni o‘chadi. Ayniqsa, Ramazon kunlari odamlar saharlikka turgan vaqti hamma yer zimiston. Qaysi davrda yashayapmiz?

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Sessiya davomida O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekenergo” rahbari Ulug‘bek Mustafoyevga olti oy muddatda viloyatdagi 349 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 80 ta transformatorni yangilash haqida ko‘rsatma bergan.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev viloyatda yangi “Kamolot” gidroelektr stansiyasini qurish va yana ikkita GESni modernizatsiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 82 million dollarlik investitsiya loyihalari bo‘yicha qarorlarga imzo chekkanini ham ma’lum qilgan.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют