» » Bosh prokuratura huzuridagi axborot-tahlil markazi ochildi. Markaz direktori etib Bobur Alixonov tayinlandi

Bosh prokuratura huzuridagi axborot-tahlil markazi ochildi. Markaz direktori etib Bobur Alixonov tayinlandi


8-yanvar — prokuratura organlari xodimlari kunida O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev va axborot-tahlil multimedia markazi direktori Bobur Alixonov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga markazning maqsad va vazifalari haqida tushuncha berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad — mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishdan iborat.

Markaz zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda axborot-tahliliy media materiallarini, shu jumladan audio va videoroliklar, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, ijtimoiy reklamalar hamda voqea joyidan reportajlar tayyorlaydi va efirga uzatadi.

Ochilish marosimi doirasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Taraqqiyot strategiyasi markazi hamda xalqaro press-klub bilan axborot-tahlil multimedia markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют