» » Fotojamlanma: Toshkentning eng noodatiy mozaikalari

Fotojamlanma: Toshkentning eng noodatiy mozaikalari


O‘zbek mozaikasining o‘ziga xos xususiyati — bu uning sharqona naqshlarga egaligida. Ular mustaqil naqshlardan yasalib, yakuniy sujetni o‘zida mujassamlashtiradi. Mozaika mavzusini geometrik, ertaknamo, bayramona (masalan, “Navro‘z”), targ‘ibot sujetlari tashkil etadi. “MyTashkent.uz” Toshkent shahrida joylashgan eng ajoyib mozaikalarning suratlarni to‘plab taqdim etdi.

Bu kabi naqshlar nafaqat dekoratsiya, balki targ‘ibot vositasi sifatida ham xizmat qiladi. Ko‘pincha ularda pionerlar, umumiy tenglik va birodarlik, shu davrning ramzlari tasvirlanadi. Ularning aksariyati hozirda yo‘qolib ketgan yoki bo‘yalgan.

Mozaika davrining rivojlanishi 1960—1980-yillarga to‘g‘ri keladi. Uni tayyorlash ishi ancha qiyin va uzoq vaqt talab qilgan. Mozaikaning asarlari rassomlar tomonidan tayyorlangan shablonga o‘rnatiladi. Plitkalarning old qismi qog‘oz yordamida yelimlangan va “yuzini” pastga qaratib shaklning tubiga terib chiqilgan. Surat xaritasiga asosan alohida panellardan keramik gilam tayyorlangan. Shundan so‘ng panellar ustida beton quyilib issiq kameraga quritishga jo‘natilgan.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют