» » Ukraina prezidenti 2017-yilda 5 mingdan ortiq kishini mamlakat fuqaroligidan mahrum qildi

Ukraina prezidenti 2017-yilda 5 mingdan ortiq kishini mamlakat fuqaroligidan mahrum qildi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2017-yilda 5 mingdan ortiq kishini mamlakat fuqaroligidan mahrum qildi. Bu haqda davlat rahbari ma’muriyatiga tayanib, “Izvestiya” xabar bermoqda.

“Fuqarolikni to‘xtatish haqidagi farmonlar 4296 kishining fuqarolikdan chiqishi, 47 nafar shaxs fuqarolikni yo‘qotishi va 825 kishiga nisbatan xalqaro shartnomalarda ko‘zda tutilgan asoslarga binoan qabul qilindi”, — ma’lum qildi Ukraina prezidenti ma’muriyati. 

Shu bilan birga, o‘tgan yili atigi 957 kishi Ukraina fuqaroligiga qabul qilindi. 

Ma’lumot uchun, 1991-yildan beri Ukraina aholisi 9,5 millionga — 52 milliondan 42,7 million kishigacha kamaydi. 

Опубликовано: admin (8-01-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют