» » Gilyermo del Toro eng yaxshi rejissor nominatsiyasi bo‘yicha “Oltin globus” bilan taqdirlandi

Gilyermo del Toro eng yaxshi rejissor nominatsiyasi bo‘yicha “Oltin globus” bilan taqdirlandi


Gilyermo del Toro “Suv shakli” filmi uchun “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasi bo‘yicha “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Mukofotni topshirishning 75-marosimi bugun, 8-yanvar kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, ushbu yo‘nalish bo‘yicha mukofotga Martin Makdonax (“Ebbing chegarasidagi uchta reklama taxtasi, Missuri”), Kristofer Nolan (“Dyunkerk”), Ridli Skott (“Dunyoning barcha pullari”) va Stiven Spilberg (“Maxfiy hujjatlar”) da’vogarlik qildi.

“Suv shakli” melodramasining voqealari 1963-yilda sodir bo‘ladi. Bosh qahramon — gung oqsoch ayol ilmiy laboratoriyada saqlanuvchi amfibiya odamni yaxshi ko‘rib qoladi.

Shuningdek, marosimda Gollivud xorijiy matbuot uyushmasi Martin Makdonaxni “Ebbing chegarasidagi uchta reklama taxtasi, Missuri” filmining ssenariysi uchun taqdirladi.

Ellison Jenni ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisasi deya (“Tonya barchaga qarshi”) topildi.

Yuen MakGregor esa “Fargo”dagi roli uchun “Mini-serial yoki telefilmdagi eng yaxshi aktyor” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deya topildi.

“Chegarada” kartinasi “Eng yaxshi xorijiy film”, “KoKo siri” esa “Eng yaxshi animatsion film” nomiga loyiq topildi.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют