» » “Malefisenta” filmining davomi ishlanadi. Suratga olish jarayoni bahorda boshlanadi

“Malefisenta” filmining davomi ishlanadi. Suratga olish jarayoni bahorda boshlanadi


Disney kinokompaniyasi “Malefisenta” ertagining davomini suratga olish ishlari 16-aprel kuni Londonda boshlanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Afisha Daily.

Yangi “Malefisenta”ning ssenariysini ham Linda Vulverton yozgan, film “Karib dengizi qaroqchilari: Marhumlar ertak so‘zlamaydi” kartinasini suratga olgan rejissor Xoakim Ronning tomonidan sahnalashtiriladi.

Ertak filmdagi bosh qahramon ijrochisi Anjelina Joli uning ikkinchi qismida ham suratga tushadi.

Filmning qachon ekran yuzini ko‘rishi hozircha noma’lum.

“Malefisenta”ning birinchi qismi 2014-yilda taqdim etilgan. U “Eng yaxshi kostyumlar” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют