» » Shavkat Mirziyoyev: Tojikiston bilan temiryo‘l ham ochiladi (video)

Shavkat Mirziyoyev: Tojikiston bilan temiryo‘l ham ochiladi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashida qatnashib, nutq bilan chiqish qilgan edi.

Xabar berishlaricha, Prezident sessiya davomida qo‘shni Tojikiston bilan munosabatlar haqida to‘xtalib o‘tgan.

Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, Tojikiston bilan temiryo‘l qatnovlarini qayta tiklash, shuningdek, elektr energiya uzatishni ochishga ham kelishib olingan.

Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 10—11-yanvar kunlari Tojikistonda tashrif bilan bo‘lishi, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashishi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2017-yil bahorida, 25 yillik tanaffusdan so‘ng, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar qayta tiklangan edi.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют