» » Shavkat Mirziyoyev: Qo‘shni bilan yaxshi bo‘lmaganni hech kim kechirmaydi. 20 yillik muzni eritish kerak (video)

Shavkat Mirziyoyev: Qo‘shni bilan yaxshi bo‘lmaganni hech kim kechirmaydi. 20 yillik muzni eritish kerak (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-yanvar kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashib, nutq so‘zladi.

Prezident o‘z nutqi davomida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. Jumladan, Shavkat Mirziyoyev “20 yillik muzni eritish” oson bo‘lmasligini qayd etib o‘tgan.

Bu dunyodan hamma o‘tib ketadi. Lekin qo‘shni bilan yaxshi bo‘lmaganni hech kim hech qachon kechirmaydi. Shuni hamma bilishi kerak.

Qo‘shnilarimizning hammasi bilan yaxshi bo‘lishimiz kerak. Bu oson emas. 20 yillik muzni eritish kerak.

Dunyo hamjamiyati bizga nima deydi? Sen avval qo‘shning bilan topishgin, keyin biz sen bilan do‘st bo‘lamiz, deydi. Sen qo‘shning bilan til topisha olmasang, qanday qilib biz bilan do‘st bo‘lishing mumkin, deydi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Опубликовано: admin (8-01-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют