» » O‘zbek internetida yangi trend: do‘ppi va ro‘mol fleshmobi

O‘zbek internetida yangi trend: do‘ppi va ro‘mol fleshmobi


Facebook’ning o‘zbek tilli segmentida yangi trend mashhur bo‘ldi — foydalanuvchilar boshiga do‘ppi kiyib tushgan suratlarini o‘z sahifalariga joylashtirib bormoqda.

Yangi fleshmob o‘zbek milliy libosining muhim elementlaridan biri bo‘lgan do‘ppini ommalashtirishga qaratilgan. Fleshmobni dastlab BBC o‘zbek xizmati jurnalistlari Rustam Qobil va Pahlavon Sodiq boshlab berdi.

“O‘zbek do‘ppi fleshmob. Do‘ppililar bormi?”, — deb yozdi sahifasida Rustam Qobil va quyidagi suratni joylashtirdi:

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqning ko‘plab faollari #doppikiyamiz#d?ppi#дўппи#doppi xeshteglari ostida aksiyaga qo‘shildi.

Tojikistonlik, afg‘onistonlik o‘zbeklar, shuningdek, o‘zbek madaniyatiga qiziquvchi boshqa davlatlar vakillari ham aksiyadan chetda qolmadi.

Fleshmobga eng yosh vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ham qo‘shildi:

Hazillarga ham o‘rin topildi — ba’zi foydalanuvchilar o‘z suratlariga emas, profillariga joylashtirilgan fotolarga do‘ppi “kiydirib qo‘ydi”:

O‘z navbatida, Facebook’ning o‘zbek segmenti xotin-qizlari #рўмол xeshtegini olg‘a surdi va ro‘mol o‘rab tushgan suratlarini joylashtira boshladi.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют