» » Favqulodda vaziyatlar vazirligi xorijiy davlatlarga ko‘rsatilgan gumanitar yordam to‘g‘risida ma’lumot berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xorijiy davlatlarga ko‘rsatilgan gumanitar yordam to‘g‘risida ma’lumot berdi


O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi xorijiy davlatlarga ko‘rsatilgan gumanitar yordam to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi FVVning 24 nafar qutqaruvchilari 1999-yil 23-avgust kunidan ikki hafta davomida Turkiyaning Sakariya shahrida avariya-qutqaruv ishlari va insonparvarlik yordami ko‘rsatgan.

Sakariya shahrining 330 kilometr kvadrat maydonida joylashgan 80 foiz uylar vayron bo‘lgan edi.

Qutqaruv tadbirlarni bajarish mobaynida 210 ta vayron bo‘lgan binolarni buzilishiga ruxsat beruvchi maxsus belgilar o‘rnatilib chiqilgan, vayronagarchiliklar ostida qolib ketgan 8 nafar insonni murdasi olib chiqilgan. 150 nafar insonlarning shaxsiy hujjatlari va qimmatbaho buyumlari olib chiqib berilgan. 530 nafar insonlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shuningdek bir qator murakkab jarrohlik ishlarni amalga oshirgan. Qutqaruvchilar jabrlangan aholi uchun chodirli shaharchalarni yaratib, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatish ishlarini olib borgan.

Amalga oshirilgan ishlarni muvaffaqiyati u yerga olib borilgan 3 ta maxsus avariya qutqaruv mashinalari, avtonom elektr stansiyasi, qirqadigan va ko‘taradigan qutqaruv asboblari, tibbiyot uskunalari va dori-darmonlar, shuningdek, O‘zbekiston Qizil Yarim oy uyushmasi tomonidan olib borilgan insonparvarlik yordamlaridir.

2001-yilning mart oyi boshlarida suv toshqini natijasida Ukrainaning g‘arbi suv ostida qolib ketgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 15-martdagi  № 135-f – sonli farmoyishiga asosan, Ukraina xalqiga insonparvarlik yordami ko‘satildi, shu jumladan 29020550 ming so‘mlik 28 476 kilogramm yordam  yuki olib borilgan. FVVdan 9 095 798 ming so‘mlik 1550 kilogramm insonparvarlik yordami olib borilgan (50 dona krovat, 100 dona rezina etik).

2003-yil 26-dekabr kuni Eronning Bam provinsiyasida Rixter shkalasida 6,3 balli zilzila sodir bo‘lishi natijasida 35 ming inson halok bo‘lgan va 22 ming kishi jarohatlangan. 90 foiz tarixiy obidalar vayron bo‘lgan.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 785-f-sonli farmoyishiga asosan, Eronga 2003-yil 30-dekabr kuni 13 000 kilogramm insonparvarlik yordami ko‘satildi.

2005-yil 8-oktabr kuni soat 8:50 da Pokiston janubida Rixter shkalasi bo‘yicha 8 ballik zilzila sodir bo‘lishi natijasida 2,5—2,7 million kishi jabrlangan. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-oktabrdagi  460-f-sonli farmoyishiga asosan, Pokiston xalqiga insonparvarlik yordami ko‘satildi, shu jumladan 48997916 ming so‘mlik 40597 kilogramm yordam  yuki olib borilgan. FVVdan 17049957 ming so‘mlik 17820 kilogramm insonparvarlik yordami olib borilgan (150 to‘plam — lager chodirlari, USB-56 rusumli — 21 to‘plam — chodir, UST-56 rusumli — 20 to‘plam — chodir, 200 dona to‘shak).

O‘zbekiston Prezidentining 2008-yil 18-avgustdagi PQ-945-sonli qaroriga asosan, favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 250000 dollar qiymatga ega bo‘lgan 280780 kilogramm insonparvarlik yuklarini Shimoliy Osetiyaga etkazish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-oktabrdagi “Qirg‘iziston Respublikasi aholisiga insonparvarlik yordam berish to‘g‘risida”gi PQ-976-sonli qaroriga asosan, 201000 dollar qiymatga ega bo‘lgan 393225 kilogramm insonparvarlik yuklarini Qirg‘iziston aholisiga etkazish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Prezidentining 2009-yil 22-maydagi №976-f-sonli farmoyishiga asosan, favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 1 229 000 kilogramm 20 ta vagonda insonparvarlik yuklarini Tojikiston aholisiga yetkazish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-apreldagi 264-f-sonli farmoyishiga asosan, favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 7428787 dollar qiymatga ega bo‘lgan 400000 kilogramm (11 vagonda) insonparvarlik yuklarini Qirg‘iziston aholisiga etkazish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Prezidentining 2010-yil 20-avgustdagi 549-f-sonli farmoyishiga asosan, vazirlik tomonidan 1552399 dollar qiymatga ega 37219 kilogramm insonparvarlik yuklarini Pokiston aholisiga yetkazish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-martdagi 144-f-sonli farmoyishiga asosan, vazirlik tomonidan 168240 dollar qiymatga ega bo‘lgan 10800 kilogramm (200 to‘plam chodir va 2000 dona ko‘rpa) insonparvarlik yuklarini Yaponiya aholisiga yetkazish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют