» » AQSh terrorchilikka qarshi kurashga 5,6 trln dollar sarflagani ma’lum qilindi

AQSh terrorchilikka qarshi kurashga 5,6 trln dollar sarflagani ma’lum qilindi


Amerikalik soliq to‘lovchilar butun dunyo bo‘ylab terrorizmga qarshi kurash uchun 5,6 trillion dollar to‘ladi. Bu haqda AQShning Braun universiteti ekspertlari tashabbuskori bo‘lgan Costs of War loyihasida so‘z boradi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Mazkur summa real xarajatlardan birmuncha kam bo‘lishi mumkin. Donald Tramp o‘tgan yil dekabrida Twitter’da joylashtirgan postida Vashington “Yaqin Sharqda ahmoqona tarzda 7 trillion dollar sarflagani”ni ma’lum qilgandi.

Loyihada AQShning jangarilar bilan kurash uchun xarajatlari asr yarmiga borib salkam 8 trillion dollarni tashkil etishi mumkinligi taxmin qilingan.

Tadqiqotda AQShning u yoki bu darajadagi harbiy ishtiroki 76 davlatda saqlanib qolgani bildirilgan.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют