» » Qashqadaryoda ming yoshli daraxt hamon meva bermoqda. Mevaning bir kilosi — 100 ming so‘m

Qashqadaryoda ming yoshli daraxt hamon meva bermoqda. Mevaning bir kilosi — 100 ming so‘m


O‘zbekistonda 35 ming gektardan ko‘proq maydonda xandon pista yetishtirilishiga qaramay uning bir kilogrammi bozorlarda 100 ming so‘mdan yuqori narxlarda sotilmoqda. Jahon bozorida “yashil oltin” deya ta’rif beriladigan bu mahsulot yong‘oq va bodomga nisbatan 5-6 barobar qimmat baholanadi, deb habar beradi  O‘zA.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mutasaddilarining ta’kidlashicha, 2017-yilda tog‘ tizmalaridagi tog‘oldi va tog‘ yonbag‘irlaridagi ming gektar maydonda pista ko‘chatlari ekilgan. Joriy yilda yana 2 ming gektarda pistazor tashkil etiladi.

Avvallari pistaning urug‘i yerga tashlab qo‘yilgani, uchun uni qushlar olib ketish ehtimoli ko‘proq edi. O‘tgan yildan boshlab, sellofan xaltachada mahalliy va mineral o‘g‘it bilan aralashtirilgan tuproqda urug‘ni bir oy mobaynida parvarishlash usuli qo‘llanmoqda. O‘rada nishlab ko‘kargan urug‘dan ungan nihollar erta bahorda tanlangan yerga o‘tqaziladi.

Ammo buni yetarli deb bo‘lmaydi. Birinchidan, pistazorlar tashkil etishning afzalliklari haqida ko‘pchilik yetarli tushunchaga ega emas, ikkinchidan esa pista nisbatan kech hosilga kiradi, ya’ni 7-8 yilda ilk mevasini berib, har uch yilda “dam oladi”. Ayni shu jihat unga nisbatan qiziqishning kamayishiga sabab bo‘lgan. Biroq, pista daraxti deyarli suv talab qilmasligi, ming yilgacha meva berishi lalmikor yerlardan samarali foydalanishda qo‘l keladi.

Qashqadaryo viloyatida joylashgan Quruqsoy tizimida 1000 yoshga yetgan bir necha xandon pista daraxti saqlanib qolgan bo‘lib, ular hozirda ham hosil bermoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, bir gektar yerda 150-180 ta pista daraxti ekish mumkin. 50 darajagacha issiqqa va 41 darajagacha sovuqqa chidaydi. Hosildor nav bo‘lsa va to‘liq hosilga kirsa, bitta daraxt 100 kilogrammdan ortiq hosil berar ekan. Hosil yaxshi bo‘lganda yiliga o‘rtacha 15 tonnadan ortiq xandon pista olish mumkin. Bu 1,5 milliard so‘m nari-berisidagi mablag‘ degani.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют