» » O‘zbekistonda 2018-yilning birinchi haftasida salkam 100 kishi YTH oqibatida jarohat oldi

O‘zbekistonda 2018-yilning birinchi haftasida salkam 100 kishi YTH oqibatida jarohat oldi


O‘tgan haftada O‘zbekistonda 99 yo‘l-transport hodisasi sodir etildi, ularda 97 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zA.

2018 yil 1—7-yanvar kunlari yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 63410 qoidabuzarlik aniqlangan.

1628 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 10728 nafari belgilangan tezlik talablarini, 747 nafari svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasini buzgan. Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 9753 nafar haydovchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

2017- yilning 25—31-dekabr kunlari 70259 qoidabuzarliklar ro‘yxatga olingan, 196 yo‘l-transport hodisasi tufayli 196 fuqaro jabrlangandi.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют