» » Kriptovalyuta birjalari yangi foydalanuvchilar sababli yopildi

Kriptovalyuta birjalari yangi foydalanuvchilar sababli yopildi


Bitfinex (Gongkong), Binance (Shanxay) va Bittrex (AQSh) kabi yirik kriptovalyuta birjalari foydalanuvchilarning ommaviy oqimi sababli yangi akkauntlarni ro‘yxatga olishni yopdi. Bu haqda Cointelegraph xabar berdi.

Bittrex va Bitfinex ro‘yxatga olishni 2017-yilning oxirida to‘xtatgan, Binance bu ishni 5-yanvarda amalga oshirdi. Birjalar vakillarining ma’lum qilishicha, ular ro‘yxatdan o‘tkazish va tekshirish bo‘yicha tushayotgan ko‘p sonli so‘rovlarni boshqarish uchun infratuzilmani yangilashi zarur.

Shu bilan birga, Binance 8-yanvarda ro‘yxatga olishning qisman qayta boshlanganini ma’lum qilgan: bunda har kuni foydalanuvchilarning cheklangan soni ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Avvalroq birja har kuni 250 mingta foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazayotganini xabar bergan.

Bitfinex akkauntlar qo‘shishni 15-yanvardan qayta boshlashni va’da bermoqda.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют