» » Namanganda 2017-yilda firibgarlik bilan bog‘liq salkam 700 ta jinoiy ish ko‘rildi

Namanganda 2017-yilda firibgarlik bilan bog‘liq salkam 700 ta jinoiy ish ko‘rildi


Namanganda firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti hamda firibgarlik jinoyatining oldini olish samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Seminarda mamlakatda firibgarlik jinoyatining o‘sish tendensiyasi kuzatilayotgani bildirildi. Masalan, 2014-yilda firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq 3752 ish ko‘rilgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 9 mingdan oshib ketgan.

Shuningdek, mulkka tajovuz qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar orasida o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan talon-taroj qilishga oid jinoyatlar ortib borayotgani qayd etildi.

Namangan viloyatida o‘tgan yilda 800 dan ziyod firibgarlik jinoyati sodir etilgan va 689 tasi bo‘yicha jinoiy ish ko‘rilgan.

“Namangan shahrining o‘zida 19 mahallada firibgarlik jinoyati ortgani tashvishlanarlidir. Jinoyat ishlari mahallalarda keng jamoatchilik ishtirokida ko‘rib chiqilayotgani, sayyor sudlar yaxshi samara beryapti”, — deydi shahardagi “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Sadriddinov.

Seminar ishtirokchilariga firibgarlik jinoyatining iqtisodiyot sohasidagi qator jinoyatlar, jumladan, o‘zganing mulkini talon-taroj qilishning boshqa shakllaridan farqli jihatlari xususida batafsil tushuncha berildi, deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют