» » Bektemirda Lacetti yo‘lovchisi yonidan marixuana topildi

Bektemirda Lacetti yo‘lovchisi yonidan marixuana topildi


Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uning haydovchi va yo‘lovchilari tekshirilgan payt 1982-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi yonidan og‘irligi 2,01 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi topildi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют