» » O‘zbekiston umr uzoqligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda

O‘zbekiston umr uzoqligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda


Markaziy Osiyo mamlakatlarida kutilayotgan umr davomiyligi 90-yillardagi darajadan oshib, O‘zbekistonda 73,8 yoshga, Tojikistonda — 73,7 yoshga, Qozog‘istonda — 72,4 yoshga, Qirg‘izistonda — 70,9 yoshga va Turkmanistonda 70,4 yoshga yetdi. Bu haqda UZ24 Qozog‘iston Xalqaro aloqalar kengashi raisi Yerlan Karin tomonidan Markaziy kommunikatsiyalar xizmatiga taqdim etilgan “2018-yilda Markaziy Osiyodagi 10 ta eng muhim voqea” deb nomlangan tahliliy obzorga tayanib xabar bermoqda.

Ma’ruzada qayd etilgan voqealardan biri Markaziy Osiyo aholisi soni 2017-yilda 70 million kishidan oshgani bo‘ldi.

Shuningdek, aholi yosh tuzilmasi ham o‘zgardi, bunga hayot davomiyligi oshgani va o‘lim darajasi kamaygani sabab bo‘ldi. 2017-yilda mintaqada keksa aholi ulushi 4,9 foizgacha o‘sdi.

Shu bilan birga, 2018-yilda bolalar soni o‘sishda va uning umumiy aholi ichidagi ulushi ko‘payishda davom etadi. 2017-yil boshida 14 yoshdan osgan bolalar soni 20,5 millionni tashkil qilgan, bu esa mintaqadagi besh mamlakat umumiy aholisining 29 foizi demakdir. 2018-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 30 foizga yetishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют