» » Bred Pitt “Taxtlar o‘yini”ni Deyeneris bilan birga ko‘rishga 120 ming dollar to‘lashga tayyor edi. Ammo auksionda yutqazdi

Bred Pitt “Taxtlar o‘yini”ni Deyeneris bilan birga ko‘rishga 120 ming dollar to‘lashga tayyor edi. Ammo auksionda yutqazdi


Bred Pitt Shon Penning an’anaviy xayriya auksionida kimoshdi savdosida faol ishtirok etdi — u “Taxtlar o‘yini” seriali epizodlaridan birini ushbu serialda bosh rolni o‘ynagan aktrisa Emiliya Klark (Deyeneris Targariyen) bilan birga tomosha qilish huquqini qo‘lga kiritmoqchi edi, ammo uning loti auksionning boshqa ishtirokchisiga nasib qildi, deb yozadi Meduza.

Lotning boshlang‘ich narxi 20 ming dollar edi. Bred Pitt dastlab 80 ming dollar taklif qildi, keyin stavkasini 90 ming dollargacha ko‘tardi. Serialni nafaqat Emiliya Klark, balki Kit Xarrington (Jon Snou) bilan birga ko‘rish imkoniyati ham qo‘shilgach, lot yanada qimmatlashdi.

Oxir-oqibat, Bred Pitt 120 ming dollar taklif qildi, ammo uni auksionning 160 ming dollar taklif etgan boshqa ishtirokchisi ortda qoldirdi.

Xayriya ziyofatida, shuningdek, Lena Danem, Arnold Shvarsenegger, Konni Britton, Patritsiya Arkett va Leonardo Di Kaprio ham qatnashdi.

Sean Penn & Friends Help Haiti Home Gala auksioni oltinchi marta bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilgan mablag‘lar 2010-yildagi zilziladan jabrlangan Gaiti oroli aholisiga yordam berish bilan shug‘ullanadigan J/P Haitian Relief Organization tashkiloti hisobiga yuboriladi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют