» » “Paxtakor” Turkiyaga ketgach, “Lokomotiv” Amirliklarni afzal bildi. Uning bo‘lajak raqiblari nisbatan jiddiyroq

“Paxtakor” Turkiyaga ketgach, “Lokomotiv” Amirliklarni afzal bildi. Uning bo‘lajak raqiblari nisbatan jiddiyroq


Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi qismini Amirliklarning Dubay shahrida olib boradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Ketma-ket ikki bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan “temiryo‘lchilar”ning Dubaydagi yig‘ini 9-yanvar kuni start oladi va 23-yanvarga qadar davom etadi. Bungacha poytaxtning boshqa bir grandi “Paxtakor” Turkiyaning Belek shahriga jo‘nab ketgandi.

“Lokomotiv” sinov-nazorat o‘yinlari uchun nisbatan jiddiyroq raqiblarni afzal bilgani e’tiborga molik. 14-yanvar kuni Shotlandiyaning “Aberdin” klubiga qarshi maydonga chiqadigan Mirko Yelichich shogirdlari, 19-yanvar kuni Rossiyaning “Rubin”, 22-yanvarda esa “Krasnodar” klublari bilan to‘qnash keladi. Orada amirlik klublaridan biri “temiryo‘lchilar”ga qarshi saf tortadi.

Jamoa Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etadigan O‘zbekistonning hozircha yagona jamoasi bo‘lib turibdi. 30-yanvar kuni “Nasaf” va “Paxtakor” shunday maqomni qo‘lga kiritish uchun kurashib ko‘radi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют