» » Buxoroning qarovsiz qolib ketgan qadimiy Talipoch darvozasi (foto)

Buxoroning qarovsiz qolib ketgan qadimiy Talipoch darvozasi (foto)


Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, qadimda Buxoroning 12 darvozasi bo‘lgan, deb yozadi O‘zA. Ulardan biri Talipoch darvozasi 1557—1598-yillarda Abdullaxon II tomonidan qurilgan bo‘lib, Chorbakr, Jondor, Xorazm orqali Buyuk ipak yo‘lining shimoli-g‘arbiy tomoniga olib chiqqan. Darvoza 1960-yilda usta Aminjon Salomov va 2005-yilda me’mor Tuyg‘un Boboyev tomonidan qayta ta’mirlangan.

“Ajdodlarimizdan meros tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilayotgan bugungi kunda ushbu qadimiy obyekt negadir qorovsizlikdan xaroba holga kelib qolgan, atrofi chiqindi bilan to‘lgan. Moziydan so‘zlovchi ushbu yodgorlik nahotki mutasaddilar e’tiboridan chetda bo‘lsa?” — deyiladi O‘zA xabarida.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют