» » Choyning zarari: olimlarning kutilmagan 4 xulosasi

Choyning zarari: olimlarning kutilmagan 4 xulosasi


Choyning foydasiga hech kim shubha bildirmaydi: bu issiq ichimlikni ming yillar davomida iste’mol qilib kelayotgan osiyoliklar xato qilmaydi.

Choy ajoyib tarzda chanqoqni bosadi va tetiklashtiradi, xolesterin miqdorini pasaytiradi va yurak-tomir tizimi ishini yaxshilaydi, qarishni sekinlashtiradi va hatto aqlliroq ham qiladi.

Lekin olimlar bu ichimlikning foydali xususiyatlari bilan birga zararli tomonlari ham borligini aniqladi.

Britaniyalik otolaringolog va plastik jarroh Genri Sharpning fikricha, kuydiradigan darajada qaynoq choy ichish odati burun-xalqum tomirlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Piyoladan chiqayotgan bug‘ ularni kengaytiradi va ko‘pincha burundan qon ketishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, issiq choy qizilo‘ngach saratonining rivojlanish xavfini oshirishi mumkinligi haqida taxminlar mavjud.

Bu ichimlik uchun eng muvofiq bo‘lgan harorat 50–60 °С hisoblanadi.

Yillar davomida haddan tashqari achchiq choy ichish natijasida tishlar zararlanishi va suyaklar mo‘rt bo‘lib qolishi mumkin. Bu – skelet flyuorozining belgilari hisoblanadi. Bu kasallik suyaklarda ftorning yig‘ilib qolishi oqibatida paydo bo‘ladi. Achchiq choy orqali ham organizmga ftor moddasi kelib tushadi.

Parhezshunoslar bir kunda 4—5 piyoladan ko‘p bo‘lmagan miqdorda choy ichishni tavsiya qiladi.

2011-yilda Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar choy temir moddasining organizmga ovqat bilan birga kelib tushishiga va singishiga to‘sqinlik qilishini isbotladi.

Shuning uchun shifokorlar bu ichimlikni nonushta, tushlik yoki kechki ovqat mahali emas, balki ovqatlanishdan hech bo‘lmasa 20 daqiqadan keyin ichishni maslahat beradi.

Bunga choy tarkibidagi kofein va xushbo‘y moddalar sababchidir. Kechqurun choyning tetiklashtiruvchi xususiyati uyqungizni qochirishi mumkin. Agar kechqurun choy ichishni xohlasangiz, yaxshisi o‘simliklardan qilingan damlamalardan ichganingiz ma’qul.

Manba: “Zdorovie.com”

Опубликовано: admin (9-01-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют