» » Orol dengizining qurishidan atmosferaga ko‘tarilayotgan chang-to‘zonlarni to‘xtatish yo'li topildi

Orol dengizining qurishidan atmosferaga ko‘tarilayotgan chang-to‘zonlarni to‘xtatish yo'li topildi


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi doktoranti Mahmud Allamuratov va yana bir necha olim tomonidan sanoat chiqindilari asosida Orol dengizi hududidagi qum va tuproqni qotiruvchi polimer reagentlar ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy ishlar ijobiy samara berdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligiga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Orol dengizining qurishi, ayniqsa, mintaqa xalqlarining eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, dengiz qurishi va sho‘rlanishning tezlashuvi oqibatida so‘nggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Bu muammoni chigallashtiradigan holat shundan iboratki, qurigan dengiz o‘rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan “Yosh Orolqum” sahrosi paydo bo‘ldi.

Orolqum xavfli kimyoviy reagentlar, mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplandi. Zaharli kimyoviy unsurlar, tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang va tuz havoga ko‘tarilib, shamol bilan butun dunyoga tarqalmoqda. Shu sababli, qum va tuproqni qotiruvchi, o‘simliklarning o‘sishiga zarar yetkazmaydigan maxsus reagentlar ishlab chiqish zamonaviy ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, kimyo va biologiya fanlarining dolzarb masalasi hisoblanadi.

Ko‘pgina davlatlarda qumni qotirish, tuproq unumdorligini oshirish maqsadida turli organik kimyoviy qo‘shimchalardan, qog‘oz va selluloza sanoati chiqindilari, gidrolizlangan poliakrilonitril, lignosulfonat kabi birikmalardan foydalaniladi. Lekin, qo‘llanilayotgan kimyoviy reagentlar qimmat, olish jarayoni murakkab, zaharli, shuningdek, Orol dengizi mintaqasining iqlim sharoitiga chidamsizdir.

Bugungi kunda arzon, ekologik xavfsiz, mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida Orol dengizi mintaqasining og‘ir iqlim sharoitiga chidamli qum va tuproqni qotiruvchi kimyoviy reagentlar ishlab chiqish juda dolzarb muammodir. Qorqalpog‘istonlik olimlar buning uddasidan chiqdi.

Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida qum va tuproqni qotiruvchi polimer reagentlari ishlab chiqish, tuproqning shamol va suv erroziyasiga chidamliligini, hosildorligini oshirishga qaratilgan. Ilmiy tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, ilk marta polimer qotiruvchi reagentlarni “Maksam-Ammofos” chiqindisi, galoidga o‘xshagan monomerlar, GIPAN, lignofosfonat asosida olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Bunda epixlorgidrin, dixlorgidringlitserin, poliollar va lignosulfonat asosida olingan qotiruvchi reagentlar tarkibi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari o‘rganildi. Epixlorgidrin, dixlorgidringlitserin, poliollar va lignosulfonat asosida olingan qotiruvchi reagentlarning tuproq va sement kompozitsiiyalari fizik-mexanik xossalariga ta’siri ham aniqlandi. Sintez qilingan polimer qotiruvchi reagentlar bilan ishlov berilgan qum va tuproqning fizik-kimyoviy xossalari tadqiq qilindi.

Mahmud Allamuratov, Qoraqalpoq davlat universiteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi doktoranti

Tadqiqot davomida mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqilgan qotiruvchi reagentlar ishlab chiqish va qo‘llash texnologiyasi Orol dengizi mintaqasidagi bir qancha agrofirma va o‘rmon xo‘jaligi obyektlarida joriy etildi. Ishlab chiqarilgan polimer qotiruvchi reagentlar Orol dengizi mintaqasida uchar qum va sho‘rlangan tuproq zonasida qo‘llanganda tuproqning hosildorligi oshib, zaharli qum-tuz bo‘hroni ko‘tarilishi kamayishiga erishilgan.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют