» » Soibjon Begmatov O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga bosh direktor etib tayinlandi

Soibjon Begmatov O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga bosh direktor etib tayinlandi


O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga san’atshunoslik fanlari nomzodi Soibjon Begmatov bosh direktor etib tayinlandi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Soibjan Begmatov yaqin yillar mobaynida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha prorektor, “Musiqiy sharqshunoslik”, “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedralarida mudir lavozimida faoliyat olib borgan.

1996-yildan buyon san’atshunoslik fanlari nomzodi, “Farg‘ona vodiysi hofizlik an’analari” mavzusida ilmiy ish yoqlagan. Sohaga oid ijodiy ishlari, ilmiy-publitsistik maqolalari muntazam nashr qilinib keladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Prezidentning 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil qilindi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют