» » Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filialini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filialini ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2017-yil 29-dekabrda kinematografiya sohasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish Bayonida Moskva shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent shahar filialini ochish bo‘yicha taklif tayyorlash belgilab qo‘yilgan. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining kino sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Moskva shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahar filialini ochish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi hukumati bilan muzokaralar olib borishi va natijasi yuzasidan tegishli taklif tayyorlashi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur oliy ta’lim muassasasi kinematografchilarni yetishtirib beruvchi dunyodagi nufuzli ta’lim dargohlaridan biri bo‘lib, o‘zbek kinosi arboblarining ko‘pchiligi aynan mana shu muassasada bilim olgan.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют