» » Bugun futbol. O‘zbekiston termasi Osiyo Chempionatidagi ilk o‘yinida Qatarga qarshi maydonga tushadi

Bugun futbol. O‘zbekiston termasi Osiyo Chempionatidagi ilk o‘yinida Qatarga qarshi maydonga tushadi


Bugun — 9-yanvar kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat termalar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati start oladi. Har ikki yilda bir marta o‘tadigan musobaqa, 4 yilda bir marta Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma berish uchun saralash vazifasini ham o‘tab beradi.

Ikki yil avval Samvel Babayan murabbiylik qilgan O‘zbekiston termasi mazkur musobaqaning guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagan bo‘lib, yakunda jamoa Rio—2016 Olimpiadasidan chetda qolgandi. Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa ishtirok etayotgan va bugun start oladigan Xitoydagi turnir Olimpiada uchun chipta taqdim etmaydi.

O‘zbekiston termasi uning “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, mezbon Xitoydan tashqari Qatar va Ummon termalariga qarshi bahs olib boradi. Toshkent vaqti bilan 13:00 da Xitoy va Ummon termalari o‘rtasidagi o‘yin bilan musobaqa start oladi. O‘zbekistonning Qatarga qarshi o‘yini esa 16:30 da boshlanadi.

Sport-TV mazkur bellashuvni jonli namoyish etishni rejalashtirgan. “Erudit Sport” ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvni Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют