» » O‘zbekistonning ayrim hududlarida bolalar bog‘chalari uchun to‘lov miqdori pasaydi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida bolalar bog‘chalari uchun to‘lov miqdori pasaydi


O‘zbekistonda 2018-yildan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun to‘lov faqat oshirildi, deyish to‘g‘ri emas — hududiy va muddat bilan bog‘liq tasnif bo‘yicha narxlarning oshganini ham, tushganini ham ko‘rish mumkin. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan tushumlar maqsadli tartibda asosan tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat bilan ta’minlanishiga sarflanadi. Hozirda maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli (4-5 soatli) guruhlar, 9 soatli guruhlar, 10,5 soatli, 12 soatli va 24 soatli guruhlar faoliyat ko‘rsatadi.

2017-yilda Toshkent shahri, viloyat markazlari, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar uchun bir xil ota-onalar to‘lov miqdorlari belgilangan bo‘lsa, 2018-yilda Toshkent shahri uchun alohida, viloyat markazlari uchun alohida hamda viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar uchun alohida to‘lov miqdorlari belgilandi.

Shuningdek, tuman markazlari va boshqa joylarda joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalarida 2017-yilda bir xil to‘lovlar to‘langan bo‘lsa, 2018-yildan tuman markazlari uchun alohida, boshqa joylar uchun alohida to‘lov miqdorlari joriy etildi.

2017-yilda maktabgacha ta’lim muassasalarining 9 soatli va 10,5 soatli guruhlari uchun bir xil to‘lov miqdorlari belgilangan bo‘lsa, 2018-yil 1-yanvaridan boshlab, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 9 soatli guruhlar uchun alohida arzonlashtirilgan to‘lov miqdorlari belgilangan.

Jumladan, 2018-yilda 9 soatli guruhlar uchun to‘lov miqdori 2017-yilga nisbatan qishloq joylarda 33 foizga, tuman markazlarida 5 foizga, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 9 foizga, viloyat markazlarida 1 foizga kamaygan. Faqatgina Toshkent shahrida 9 soatli guruhlardagi to‘lov miqdori o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga oshgan.

2017-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalarida respublika bo‘yicha belgilangan to‘lov miqdoriga nisbatan ikki barobar arzonlashtirilgan holda to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, 2018-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bilan birgalikda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida ham ota-ona to‘lovlari ikki barobar arzonlashtirildi.

“2018-yilda maktabgacha ta’lim muassasalarining qolgan guruhlaridagi ota-onalar to‘lov miqdorlari, oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshganligini inobatga olgan holda, 2017-yilga nisbatan tegishli foizlarda oshirildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют