» » Liviya qirg‘oqlari yaqinida muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketdi, 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Liviya qirg‘oqlari yaqinida muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketdi, 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi


Liviya qirg‘oqlari yaqinida muhojirlar o‘tirgan qayiq cho‘kib ketdi, kamida 64 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters.

Fojia haqidagi ilk xabarlarda sakkiz nafar qurbon haqida aytilgan edi. O‘shanda Italiya qirg‘oq soqchiligi otryadlari 86 kishini qutqarib olgan edi.

Qutqarib olingan qochoqlar so‘zlariga ko‘ra, cho‘kib ketgan qayiq bortida kamida 150 kishi bo‘lgan.

Nashr eslatishicha, 2017-yil boshidan buyon Yevropaga dengiz orqali qariyb 156 ming muhojir yetib kelgan.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют