» » O‘zbekistonda Nokia 6 smartfoni 2,4 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda Nokia 6 smartfoni 2,4 mln so‘mdan sotuvga chiqdi


O‘zbekistonda Nokia markasi tarixidagi ilk Android-smartfon — Nokia 6 modeli sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Telefon korpusi butun alyuminiy bo‘lagidan aniq frezerlash usuli bilan yasalgan. Barmoq izi skaneri “Uyga” tugmasiga o‘rnatilgan.

Smartfon 5,5 dyuymli va 1920?1080 pikselli, qayrilma qirrali Full HD-displey, 16 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 430, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira (+microSD), 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Nokia 6 Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi, ikkita SIM-kartani sig‘dira oladi.

Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasida 64 Gb doimiy xotirali Nokia 6 2,4 million so‘mdan sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют