» » Shavkat Mirziyoyev “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-yanvar kuni “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Ushbu qonun o‘tgan yilning 14-dekabr kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 20-dekabrda Senat tasdig‘idan o‘tgan edi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Bir yildan so‘ng kuchga kiruvchi ushbu qonun ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan, litsenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari qonuniylik, mutanosiblik, ishonchlilik, tinglanish imkoniyatining mavjudligi, ma’muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi, manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi, mazmunan qamrab olish, ma’muriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi, teng huquqlilik, ishonchning himoya qilinishi, ma’muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi va tekshirish kabilardan iborat.

Qonunga ko‘ra, manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tug‘dirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash ma’muriy organlarga taqiqlanadi.

Qonunda maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerakligi belgilangan.

Qonunga muvofiq, ma’muriy organlar ma’muriy ish yuritishni qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan amalga oshiradi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют