» » Buxoro IIB 7 yildan beri qidiruvda bo‘lgan odamfurush ayolni Dubayda qo‘lga oldi

Buxoro IIB 7 yildan beri qidiruvda bo‘lgan odamfurush ayolni Dubayda qo‘lga oldi


Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan qidiruv tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2011-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 45 yoshli Lola Hakimova BAAning Dubay shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Odamfurush ayol O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Unga nisbatan qonunda belgilangan jazo qo‘llaniladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, o‘tkazilgan qidiruv tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2015-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, G‘ijduvon shahar M.Ashrafiy ko‘chasi 72-uyda yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan Akobir Olamov ham Rossiyaning Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib qo‘lga olindi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 12:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют