» » Tramp 2020-yilda ham AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishi ma’lum qilindi

Tramp 2020-yilda ham AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishi ma’lum qilindi


Donald Tramp 2020-yilda ham AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari Xogan Gidli ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Shubhasiz, u kelgusi saylovlarda yana prezident lavozimi uchun kurashish niyatida”, — ta’kidladi Gidli.

Gidliga ko‘ra, u Tramp bilan teleboshlovchi Opra Uinfrining kelgusi saylovlardagi ishtirokiga doir xabarlarni muhokama qilmagan.

“Istalgan shaxs — u Opra Uinfri bo‘ladimi yoki boshqasi — kelgusi saylovlarda bizga pesh kelishidan cho‘chimaymiz. Ular erishgan natijalari yaqqol ko‘rinib turgan prezident bilan bellashishlariga to‘g‘ri keladi”, — dedi Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют