» » Xorijdagi taniqli o‘zbekistonlik kardiojarroh Qalandar Bobojonov O‘zbekistonga qaytdi

Xorijdagi taniqli o‘zbekistonlik kardiojarroh Qalandar Bobojonov O‘zbekistonga qaytdi


Xalqaro tibbiyot doiralarida taniqli bo‘lgan kardiojarroh, tibbiyot fanlari doktori Qalandar Bobojonov O‘zbekistonga qaytib, o‘zining kasb faoliyatini davom ettirishga qaror qildi, deb xabar beradi UZ24.

Qalandar Bobojonov Ukraina tibbiyot fanlari akademiyasining N. Amosov nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi Milliy institutida bosh maslahatchi bo‘lib ishlaydi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning xorijdagi yurtdoshlarimizni Vatan ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishga da’vat etgani shifokorni shu qarorga kelishiga sabab bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Qalandar Bobojonov O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Fonten, Glen Biglen operatsiyalari tajribasini, murakkab tug‘ma yurak nuqsoni holatida arterial jarrohlik, yurak-ishemik kasalligi bo‘lgani holatida ishlab turgan yurakda aortokoronar shunt o‘rnatishni amaliyotda qo‘llagan. U 2002-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Olim o‘zining mehnat faoliyati davomida Lusaka (Zambiya)dagi universitet shifoxonasining kardiojarrohlik markaziga asos solgan.

Qalandar Bobojonov yurak patologiyasi bilan bog‘liq 200 dan ziyod, turli patologiyalar holatida ochiq yurakda hammasi bo‘lib 8000 operatsiya o‘tkazgan. Jumladan, mitral va aortal klapanlarni protezlash, ikki klapanli protezlash, Fallo tetradasi kasalligi va boshqa murakkab tug‘ma nuqsonlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirgan.

Kardiojarroh 1986-yili sobiq ittifoq oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga binoan, yurak-qon tomirlari jarrohligi bo‘yicha tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2004-yili esa Ukraina oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga binoan, yurak-qon tomirlari jarrohligi bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori bo‘lgan. U olti nafar fan nomzodini hamda bir nafar fan doktorini tayyorlagan.

Olim turli tabobat nashrlarida chop etilgan 271 ilmiy maqolaning hamda “Bolalar kardiojarrohligida anesteziologik ta’minot va intensiv terapiya” nomli monografiyaning muallifi hisoblanadi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют