» » Toshkentlik jurnalist Qatortoldagi qoidabuzar haydovchini 450 ming so‘m jarimaga tushirdi. Yo‘riqnoma!

Toshkentlik jurnalist Qatortoldagi qoidabuzar haydovchini 450 ming so‘m jarimaga tushirdi. Yo‘riqnoma!


“Gazeta.uz” kolumnistlaridan biri Nikita Makarenko Toshkentdagi qoidabuzar haydovchilardan birini qanday qilib 450 ming so‘m jarima to‘lashga majbur qilgani haqida Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirdi. “Daryo” muallifning ibratli posti tarjimasini e’tiboringizga havola qiladi.

Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, men hozir Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB)ni maqtayman. Bardam bo‘ling.

Shunday qilib, men tajriba o‘tkazib ko‘rishga — bir yaxshi bo‘lmagan haydovchini fotosuratlar va video yordamida jazolashga qaror qildim. Chunki nazariy jihatdan shunday harakat ish berishi kerak — Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 276-moddasiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ochish uchun foto va video dalil sifatida qabul qilinishi mumkin. Yo‘l harakati qoidalarini buzish esa aynan ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi.

30-dekabr kuni mana bu Epica’dagi o‘rtoq Qatortol bozori oldidagi ikki polosali yo‘lning bitta polosasida mashinasini to‘xtatib qoldirdi. U yerda shusiz ham qanday dahshatli vaziyat hukmronligidan xabardorsiz. U bo‘lsa ko‘chadagi bir polosani egallab, tirbandlikni ham yuzaga keltirdi. Men unga tanbeh berdim va mashinasini tasvirga olishimni aytib, ogohlantirdim. Shundan so‘ng u dvigatelni o‘chirib, mashinasidan tushib, “Menga baribir”, deb ketdi. Mayli, dedim, senga baribir bo‘lsa — bo‘pti, dedim. Bu suratda Epica haydovchisining o‘zi yo‘q, chap tomondagi odam — boshqa haydovchi.

Men foto va videoni Yagona portal (my.gov.uz) orqali Ichki ishlar vazirligiga yubordim va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ochish uchun dalil sifatida qabul qilishni so‘radim. Bayramdan so‘ng, roppa-rosa bir hafta o‘tgach (6-yanvar kuni) menga Chilonzor tuman Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori qo‘ng‘iroq qilib, tafsilotlarni so‘radi. U haddan tashqari xushmuomala edi, buning uchun undan juda minnatdorman.

Shu zahoti muammo borligi ma’lum bo‘ldi: Yagona portal faqat bitta faylni yuklash imkonini berarkan va o‘sha fayl ham unga yetib bormagan. Chunki unga mening arizamni fayllarsiz topshirishibdi. Hamma ma’lumotlarni uning shaxsiy telefon raqamiga Telegram orqali yuborishga to‘g‘ri keldi.

Oradan ikki kun o‘tib, 8-yanvarda u menga yana qo‘ng‘iroq qilib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma haqiqatan ham tuzilganiga ishonch hosil qilish uchun kelib ketishni so‘radi. Hammasi qoidadek bo‘lgandi: qo‘rs haydovchining haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilgan, unga nisbatan bayonnoma tuzilgan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasi 1-qismi (“Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi”) bo‘yicha 450 ming so‘mlik jarima yozilgan.

Xulosa:

Qaysi jihatlarni yanada yaxshilash kerak?

Опубликовано: admin (9-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют