» » Olimlar to‘rtinchi o‘lcham tomon yo‘l topdi

Olimlar to‘rtinchi o‘lcham tomon yo‘l topdi


Pensilvaniya shtati universiteti fiziklar guruhi professor Mikael Rextsman boshchiligida to‘rtinchi fazoviy o‘lchamga yo‘l topdi. Ular tadqiqoti natijalari Nature jurnalida chop etilgan.

Fiziklar 2016-yilda Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan tadqiqot natijalariga tayandi. Olimlar lazerlardan foydalanib, maxsus ikki o‘lchamli strukturani yaratdi. Ular Xoll kvant effektini eslatuvchi natijaga erishdi.

Fiziklar uch o‘lchamli predmetlar ularning shakli haqida xulosa qilish imkonini beruvchi ikki o‘lchamli soya hosil qilishini ta’kidlaydi. Murakkab hisob-kitoblar uch o‘lchamli obyektlar to‘rt o‘lchamli obyektlar “soya”si bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Olimlar to‘rt o‘lchamli makon tushunchasiga yaqinlashganligini ma’lum qiladi. Bizni o‘rab turgan olam uch fazoviy o‘lchamga ega, biroq fizik modellarda ular bundan ko‘p bo‘lishi mumkin. Misol uchun, superstrun nazariyasida 10 ta fazoviy o‘lcham ko‘rib chiqiladi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют