» » Soliq qo‘mitasi Toshkentda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun seminar o‘tkazdi

Soliq qo‘mitasi Toshkentda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun seminar o‘tkazdi


Soliq va budjet siyosatining 2018-yilgi asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida soliq qo‘mitasi tomonidan 6 kunlik ko‘rgazmali seminar va matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, moliya vazirligi hamda boshqa mutasaddi vazirlik, idoralar mas’ul xodimlari ishtirok etgan ko‘rgazmali seminarda Toshkent shahri va viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari vakillarining barcha savollariga mutasaddi xodimlar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbirda shuningdek, namuna ko‘rsatib faoliyati davomida soliqlarni vaqtida to‘lab kelayotgan, qonunga itoatkor bir guruh jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek soliq qonunchiligidagi yangiliklarni tadbirkorlik subyektlari va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishdagi faolligi uchun ommaviy axborot vositalari vakillariga davlat soliq qo‘mitasining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют