» » AQSh Erondan hibsga olingan norozilik namoyishi ishtirokchilarini ozod etishni talab qildi

AQSh Erondan hibsga olingan norozilik namoyishi ishtirokchilarini ozod etishni talab qildi


AQSh Eron hukumatiga murojaat qilib, mamlakatdagi barcha siyosiy mahbuslar, xususan, norozilik namoyishlari qatnashchilarini ozod etishni talab qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari Erondagi barcha siyosiy mahbuslarni, xususan, yaqinda o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ishtirokchilarini zudlik bilan ozod qilinishini talab qiladi”, — deyiladi Oq Uy xabarida.

Unda qayd etilishicha, AQSh prezidenti ma’muriyati o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan tinch namoyishlarda qatnashgan minglab eronliklarning hibsga olinganidan tashvishda.

“Namoyishchilarning ayrimlari qiynoqqa solingani yoki o‘ldirilgani haqidagi xabarlar esa bizni yanada qattiq xavotirga solmoqda”, — deyiladi bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют