» » Shohjahon Ergashev vs Soni Fredrikson. Jangga 24 soatdan kam vaqt qoldi. Tarozida janjal kelib chiqdi (video)

Shohjahon Ergashev vs Soni Fredrikson. Jangga 24 soatdan kam vaqt qoldi. Tarozida janjal kelib chiqdi (video)


O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev bugun — 12-yanvar oqshomida amerikalik Soni Fredriksonga qarshi jang o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 13-yanvar tongiga to‘g‘ri keladi.

Prof ringda 11 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini taslim qila olgan Ergashev mazkur jangida ham zafar quchsa, o‘z vazn toifasi reytingida kuchli 10 talikka kirib oladi. U ayni paytda chempionlik kamari uchun bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tmoqda.

Biroq raqibda statistika ajoyib ko‘rinishga ega. Fredrikson faoliyati davomida 18 bor prof ringga ko‘tarilgan va ularning barchasida raqiblarini taslim qilishga erishgan. 12 ta jangda Soni qarshisida turgan bokschilarni nokautga uchratishga erishgan.

Ikki yengilmas bokschi o‘rtasidagi jangga Nyu-Yorkdagi Turning Stone Resort Casino in Verona ringi mezbonlik qiladi. Bir necha soat oldin charm qo‘lqop ustalarini taroziga tortish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda kichik janjal kelib chiqdi. Bu boradagi video Shohjahon Ergashevning YouTube’dagi kanaliga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют