» » Putin Ukrainaga Qrimdagi harbiy kemalar va samolyotlarni berishga tayyorligini bildirdi

Putin Ukrainaga Qrimdagi harbiy kemalar va samolyotlarni berishga tayyorligini bildirdi


Rossiya Ukrainaga Qrimdagi harbiy kemalar, aviatsiya va zirhli texnikani berishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

“Biz Qrimda qolgan Ukraina harbiy kemalari, aviatsiya va zirhli texnikani topshirishga tayyormiz. To‘g‘ri, ular harob holatda, ammo bu bizning muammo emas. Ular asli o‘zi shunday holatda bo‘lgan, yillar mobaynida qarovsiz qolib qelgan”, — dedi Putin.

Rossiya prezidentiga ko‘ra, gap “o‘nlab” harbiy kema va samolyot haqida ketmoqda. Kemalar Odessaga yetkazilishi va u yerda Ukraina harbiy xizmatchilariga topshirilishi mumkin.

Putin Qrimda katta miqdorda o‘q-dori ham qolgani, biroq ularni transportga ortib bo‘lmasligi va utillashtirish talab etilishini ma’lum qildi. Bu jarayonda ishtirok etish uchun Ukraina harbiylarini Qrimga taklif etishga tayyorligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют