» » “Barselona”dan navbatdagi xarid. Kataloniyaliklar himoyachi bilan 2023-yilgi mavsum so‘ngiga qadar bitim tuzdi

“Barselona”dan navbatdagi xarid. Kataloniyaliklar himoyachi bilan 2023-yilgi mavsum so‘ngiga qadar bitim tuzdi


Kataloniyaning “Barselona” klubi va nihoyat o‘z safiga yangi himoyachini qo‘shib oldi. Bungacha “Palmeyras” klubi safida o‘ynab kelgan Yerri Mina “Barselona” libosida 2023-yilgi mavsum so‘ngiga qadar to‘p surishga rozi bo‘ldi.

Kolumbiyalik futbolchining tovon puli 100 million yevro etib belgilandi. Uning o‘zi “Barselona” uchun 11,8 million yevroga tushdi. Shartnoma 2023-yilgi mavsum tugagach, aniqrog‘i, 30-iyunda o‘z kuchini yo‘qotadi.

1994-yilning 23-sentabrida tug‘ilgan himoyachining bo‘yi 195 santimetr ekani aytilgan. Bu bilan kataloniyaliklar jarima va standart vaziyatlardagi xavfni qisman kamaytiradi. Mina shunday baland bo‘yli bo‘lishiga qaramay, ancha tez yugura olishi qo‘shimcha qilingan.

Mina o‘zi to‘p surgan Braziliya klubida asosiy futbolchilar biri edi. “Palmeyras” uchun 33 ta bellashuv o‘tkazgan himoyachi, 8 ta gol urishga erishgan. Uning bu boradagi statistikasi ba’zi hujumchilarnikidan ham yaxshiroq ekanini qayd etish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют