» » Toshkentda bog‘cha tarbiyachisi bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun ishdan haydaldi

Toshkentda bog‘cha tarbiyachisi bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun ishdan haydaldi


Maktabgacha ta’lim vazirligi Toshkentning Uchtepa tumanidagi bolalar bog‘chasi tarbiyachisi tomonidan bolaga nisbatan qo‘pol munosabatga e’tibor qaratdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Hodisa aks etgan video Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan edi.

11-yanvar kuni Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha mas’ul idoralar hamda voqea yuz bergan 20-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi, tarbiyachilari va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan tezkor yig‘ilish o‘tkazgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yil aprelida ishga olingan tarbiyachi bolalarga juda qo‘pol munosabatda bo‘lgan (so‘kkan, jismoniy kuch ishlatgan, qo‘rqitgan, masxara qilgan), ilgari ham ota-onalardan u haqda shikoyatlar tushgan.

Tarbiyachidan qo‘rqqan bolalar bog‘chadagi voqeani hech kimga aytmagan. Dalillar yo‘qligi va tarbiyachining qarindoshlari tomonidan mudiraga bosim o‘tkazilishi tufayli, muammo yechilmay qolavergan.

Shunda mudira guruhlarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatgan. 8-yanvar kuni tarbiyachi 6 yoshli bolani qattiq itarib yuborgan, bola devorga urilib, yiqilgan. Qo‘rqib ketgan tarbiyachi bolaning ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilib, u tez yugurayotib yiqilib tushganini aytgan.

Mudiraga shikoyat qilgan ota-onaga u kamera yozuvini ko‘rsatgan. Ota-ona videoni ichki ishlar organlariga ko‘rsatish uchun telefonga yozib olgan, so‘ng video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Maktabgacha ta’lim vaziri rahbarligidagi komissiya tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini 10-yanvar kuni tugatdi. Bog‘cha mudirasiga esa hayfsan e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют