» » Rossiyada xotinining qo‘llarini chopib tashlagan rashkchi er uni qamoqdan chiqquncha kutishini so‘radi

Rossiyada xotinining qo‘llarini chopib tashlagan rashkchi er uni qamoqdan chiqquncha kutishini so‘radi


Moskva viloyatining Serpuxov shahrida xotinining qo‘llarini chopib tashlagan 26 yoshli erkak jabrlanuvchidan uning qamoqdan qaytishini kutishni so‘radi, deb yozadi “MK.ru”.

Ayolning o‘zi aytib berishicha, ayni paytda tergov izolyatorida bo‘lgan erkak tanishlari orqali unga xat yuborib, uning ozodlikka chiqishini kutishni, uni kechirishni, ajrashish haqidagi arizani qaytarib olishni so‘ragan va uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

11-dekabr kuni rashkchi er 25 yoshli xotinini xiyonatda gumon qilib, uning qo‘l barmoqlari va panjalarini bolta kesib tashlagan edi. Shundan so‘ng u ayolni shahar kasalxonasiga olib borgan.

Shifokorlar jabrlanuvchining chap qo‘lini qayta tikib qo‘ygan, o‘ng qo‘lini esa to‘mtoq qilishga to‘g‘ri kelgan. Er-xotin besh yil avval turmush qurgan, 3 va 4 yoshli ikki farzandi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют