» » Samarqand viloyati ona va bola skrining markazi bemorlarning ko‘pligiga qaramay majlisbozlik bilan shug‘ullanmoqda

Samarqand viloyati ona va bola skrining markazi bemorlarning ko‘pligiga qaramay majlisbozlik bilan shug‘ullanmoqda


Samarqand viloyati ona va bola skrining markaziga keyingi yillarda eng so‘nggi rusumdagi tibbiy uskunalar o‘rnatilib, homilador ayollarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. O‘zA muxbirlari bu yerdagi imkoniyatlardan qanchalik oqilona foydalanilayotganini aniqlash maqsadida markazga tashrif buyurdi.

Soat 10:30 larda binoga kirib borilganida markaz xodimlari direktor huzurida majlisda ekanligi aytilgan. Zal esa tibbiy ko‘rik uchun kelgan ayollar bilan gavjum bo‘lgan.

“Kecha selektor yig‘ilish bo‘lgandi, majlisda aytilgan gaplarni xodimlarga yetkazayotgan edim”, – deb vaziyatga izoh beradi markaz direktori G.Eshqobilova.

Ish vaqtida, shuncha odam navbat kutib turganida, yig‘ilish muhimmi yoki ko‘rik, degan savol esa javobsizligicha qolgan.

Markaz direktorining aytishicha, tekshiruvdan o‘tish uchun kelayotgan har bir ayol elektron ro‘yxatga olish tizimi orqali navbatga yozilib, belgilangan vaqtda ko‘rikka kiradi. 2016-yildan buyon foydalanilayotgan bu tizim endilikda onlayn rejimiga o‘tkazilib, tumanlardan kelayotgan homilador ayollarning o‘sha yerda navbatga yozilishi, belgilangan vaqtda markazga kelishi rejalashtirilmoqda.

Ammo markazda navbat kutayotgan ayollar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida bu tizim alamda ishlamayotganligi ma’lum bo‘lgan.

“Soat o‘nlarda kelgan edim. Eshik oldidagi xodim qo‘limdagi tumandan berilgan yo‘llanmani ko‘rib, qaysi xonaga kirishim kerakligini aytdi. Lekin navbat haqida hech qanday qog‘oz berilgani yo‘q. Qariyb bir soatdan buyon navbatimni kutib turibman”, – deydi payariqlik Z.Boliyeva.

Ultratovush tekshiruvi uchun navbatda turgan o‘ndan ortiq homilador ayolning ikki nafaridagina navbatga olinganligi haqidagi qog‘oz bo‘lgan (bu ham muxbirlar kelganidan so‘ng ular berilgan). Lekin navbat raqami qayd etilgan qog‘ozdagi yozuv ingliz tilida yozilgani sabab uni bergan xodimdan boshqa, hech bir bemor o‘qiy olmasligi aniq.

Viloyat markazidan 110 chaqirim uzoqlikdagi Narpay tumanidan kelgan homilador ayollarning ham qo‘liga navbati yozilgan raqam berilmagan. Ular ham shu yerda o‘tirgan kishilardan so‘rab navbatini kutib turgan.

“2016-yilda joriy etilgan tizim markazda shu ahvolda ishlayotgan bo‘lsa, onlayn tizimdan umid qilsa bo‘ladimi?”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют