» » 2017-yilda Toshkentda oilaviy ajrimlar soni ikki mingtadan ortgan

2017-yilda Toshkentda oilaviy ajrimlar soni ikki mingtadan ortgan


“Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent shahar bo‘limi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yilda Toshkentda uch mingga yaqin oilaviy ajrimlar qayd etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2017-yilga kelib mingtaga kamaygan, deb xabar berdi “Telegraf.uz”.

Toshkent shahridagi 505 mahalla fuqarolar yig‘ini huzurida tashkil etilgan yarashtirish komissiyalarining sa’y-harakati bilan o‘tgan yilda 907 ta oilaviy ajrimlar oldi olindi.

Oilaviy ajrimlar tahlil etilganda, yetishmovchilik, oilani boqa olmaslik emas, ularning aksariyati o‘ziga to‘q, boyligi o‘ziga yetarli xonadonlarda yuz berayotgani ayon bo‘lgan. Misol uchun, ko‘plab oilaviy kelishmovchilarning  “kelinning sepi munosib kelmaganmish”, “kelinning otasi kuyovga yaxshi yordam bermasmish...”, “kuyoviga mashina sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan qaynota o‘z va’dasida turmabdi” kabi bahonalar sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari qaynonalarning o‘ta talabchanligi, qaynona-kelin mojarosi, aksariyat ajrimlarda esa Toshkent shahrida doimiy ro‘yxat o‘tish masalalari, yoshlarning ortiqcha orzu-havasga hirs qo‘yishi, yoki ular o‘rtasidagi o‘zaro mehr-muhabbat va hurmatning yo‘qolganligi kabi qator omillar ham sabab bo‘layotgani aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют