» » Maktabgacha ta’lim vaziri Sergeli va Yashnobod tumanidagi bog‘chalarga kutilmaganda tashrif buyurdi

Maktabgacha ta’lim vaziri Sergeli va Yashnobod tumanidagi bog‘chalarga kutilmaganda tashrif buyurdi


Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin Toshkent shahrining Sergeli va Yashnobod tumanlaridagi 598 hamda 240-sonli maktabgacha ta’lim muassasalariga rejalashtirmagan holda tashrif buyurdi, deb xabar berdi UzDaily.

Maktabgacha ta’lim muassasaslarini (MTM) o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, Sergelidagi 598-sonli bog‘cha belgilanganidan ortiq to‘lib ketgan va navbatda turish holati bo‘lishiga qaramay, muassasaning bir qismida mahalla qo‘mitasi joylashgani aniqlangan. Vazir tomonidan Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim Bosh boshqarmasi rahbariyatiga ushbu xonalarni bog‘chaga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Yashnobod tumanidagi 240-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida esa kun rejimi, sanitariya me’yorlari, bolalarni saqlash qoidalariga rioya qilishda qoidalari buzilganligi aniqlandi. Shuningdek, vazirlik rahbariyatida mazkur MTMdagi bolalarning ovqatlanishi borasida ham savollar paydo bo‘ldi. 240-sonli bolalar bog‘chasining mudiriga intizomiy choralar qo‘llanildi.

Maktabgacha ta’lim vaziri kamchiliklarni tezda bartaraf etish, maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют