» » Namanganda 6 ta post tugatildi

Namanganda 6 ta post tugatildi


Namangan viloyatida 16 post, jumladan, 3 yo‘l-patrul xizmati posti, 6 nazorat maskani va 7 hamkorlikdagi blok-post maskanlari faoliyat ko‘rsatar edi, deb xabar beradi O‘zA.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqib, fuqarolar huquq va erkinlarlarini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish, viloyatlararo savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida mazkur postlardan  ayrimlari olib tashlandi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur postlarning ahamiyati va samaradorligi boshqarmaning sohaviy xizmatlari xodimlaridan iborat komissiya tomonidan o‘rganib chiqildi. Komissiya xulosasiga asosan Namangan shahridagi “Angor” yo‘l-patrul xizmati va “Orzu” nazorat maskani, Mingbuloq tumanidagi “Qiziltol”, Kosonsoy tumanidagi “Buloq”, Pop tumanidagi “Navbahor” va “Qo‘shtepa” nazorat maskanlari faoliyati maqsadga muvofiq emas, deb topildi.

Mazkur postlar tugatilib, transport vositalarining erkin va to‘siqsiz harakatlanishi ta’minlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют