» » Kontrabanda jinoyatini sodir etgan, 4 ta tilni biladigan yigit Yoshlar ittifoqi kafilligida ozodlikka chiqdi

Kontrabanda jinoyatini sodir etgan, 4 ta tilni biladigan yigit Yoshlar ittifoqi kafilligida ozodlikka chiqdi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 1-qismi bilan ayblangan Elyor Bo‘riyevga oid jinoyat ishi bo‘yicha jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.

Sud ayblanuvchining qilmishini o‘zi to‘la anglamagan holda sodir etgani, muqaddam sudlanmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, sodir etgan qilmishining jinoyat ekanini tushunib yetmagani inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni bekor qildi va sudlanuvchi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod etildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan Elyor Xitoyning Henan universitetiga o‘qishga kirgan edi. Muassasada 2016-yilning 10-sentabridan 2017-yil 30-iyuniga qadar tahsil olib, universitetni a’lo baholarga tugatdi. Xitoy, ispan, rus, ingliz tillarini puxta o‘zlashtirdi, deya ta’kidalanadi xabarda.

“Men, avvalo, Prezidentga o‘z minnatdorligimni bildiraman. O‘zimga, bilimimga ishonaman va kelajakda yurtimga nafi tegadigan yetuk kadr bo‘lishga va’da beraman. Yurtim taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda barcha imkoniyatlarimni ishga solaman”, — deydi Elyor Bo‘riyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют