» » Propiska muhokamasi: Vaqtinchalik propiskani 6 oyga emas, balki 2—3,5 yil muddatga qilish kerak

Propiska muhokamasi: Vaqtinchalik propiskani 6 oyga emas, balki 2—3,5 yil muddatga qilish kerak


O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Toshkent shahriga doimiy propiska qilish masalasi qizg‘in muhokama qilinmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasining 28-bandida fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlarini ta’minlash nazarda tutilgan.

Fuqarolar tomonidan eng ko‘p mulohaza va takliflar mazkur band yuzasidan bildirilgan. Ular propiska bilan bog‘liq o‘zlari duch kelgan muammolarni yozib qoldirgan.

Toshkentga kelib ishlayman degan odam baribir keladi. Propiska qilolmasa, ichki ishlar xodimini rozi qiladi. Bu esa korrupsiyaga olib keladi.

Akbar Yusupov

Dunyodagi deyarli barcha davlatlarda propiska degan tizim umuman mavjud emas. Propiskaning bekor qilinishi faqat aholiga yengillik tug‘diradi, ularning oddiy insoniy huquqlari ta’minlashga xizmat qiladi.

Farhod Abdurahmonov

Propiskasi yo‘qlar birovning nomiga uy sotib olib, keyinchalik aldanib qolayotgani, shuningdek, chet davlatlarga chiqib ketib, o‘sha davlatlarning taraqqiyotiga hissa qo‘shayotganliklarining guvohi bo‘lmoqdamiz.

Maqsad Asqarov

Vaqtinchalik propiskani 6 oyga emas, balki 2—3,5 yil yoki boshqa muayyan davrga qilish kerak. Axir har 6 oyda propiska qilish katta ovoragarchilik, korrupsiya, qog‘ozbozlikka olib kelyapti.

Akmal Rahimov 

Besh yildan ziyod Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxatda turib, muqim joyda ishlayotganlarga ipoteka kreditlari asosida uy olish uchun ruxsat berish kerak. Qanchadan-qancha yaxshi kadrlar Toshkent shahrida olgan oyligini faqat ijara uyi uchun sarflab, biri ikki bo‘lmayapti.

Bekzod Ibragimov

Propiskadagi cheklovlar tufayli har yili mehnat shartnomasi tuzaman. Bolalarni bog‘cha va maktabga joylashtirishga qiynalganman, yani pul talab qilishgan.

Barnoxon Sattarova



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 15:29)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют