» » “LG OLED kanyoni” CES mehmonlarida hayrat uyg‘otdi

“LG OLED kanyoni” CES mehmonlarida hayrat uyg‘otdi


LG Electronics kompaniyasining ajoyib moslashuvchan tijorat displeylaridan iborat noyob hajmdagi installyatsiya bu hafta Las-Vegasdagi CES 2018 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilarni hayratga soldi. O‘zaro bog‘langan 246 ta ichiga botgan va bo‘rtib chiqqan LG Open Frame OLED-displeyi 2,74 metr balandlikda minglab tomoshabinlarga noyob vizual tajribani taqdim etdi.

LG OLED texnologiyasi yorqinlik va tasvir sifatini aniq nazorat qilish uchun o‘z-o‘zini yoritadigan piksellardan foydalanadi. Ekranga alohida yorug‘lik manbai talab qilinmagani uchun, maksimal qulaylik, noziklik va moslashuvchanlikka erishish mumkin bo‘ldi. LG Open Frame OLED noyob texnologiyasi B2B sektori uchun displeylarda qo‘llanilib, moslashtirilgan yondashuvdan foydalanish imkonini beradi, bu esa displeylarni bir vaqtning o‘zida san’at asariga va funksional elektron belgiga aylantiradi.

LG OLED kanyoni 90 ta ichiga botgan va 156 dona bo‘rtib chiqqan Open Frame ekranlardan iborat hamda Las Vegas Convention Center ko‘rgazma joyiga asosiy kirish yeri yaqinida, LG stendida mehmonlarni kutib oladi. Tashrif buyuruvchilar 28 metrli kanyonni aylanib ko‘rib, 2 milliardlab o‘zi yoritiluvchi OLED-piksellaridan ishlab chiqarilgan tasvirlardan hayratda qolishlari mumkin. O‘rmonlar, muzliklar, sharsharalar, qor bo‘ronlari va boshqa tabiat mo‘jizalarining tasvirlaridan iborat ajoyib vizual tajriba Dolby Atmos’dan (SM) hajmli tovush bilan to‘ldirilgan bo‘lib, u 2018-yilgi LG OLED TV televizorlar qatorida ham ishlatiladi.

LG OLED texnologiyasi LCD va LED ekranlardan ajratib turadigan, yangi yuqori darajadagi displeylar qatorini yaratdi, ular sifat jihatidan hayratlanarli tasvirni mukammal qora rangda va hattoki keng burchakni ko‘rinishda ham ajoyib ranglar bilan bera oladi. OLED-texnologiyasining har bir pikselni alohida-alohida yoqish va o‘chirish bo‘yicha noyob imkoniyati tufayli LG OLED displeylari ranglarini avvalgi kabi yorqin va qarama-qarshi ravishda taqdim etadi.

Las-Vegasdagi ko‘rgazma zalining 11100-sonli Markaziy zalida joylashgan CES 2018’dagi LG stendiga tashrif buyuruvchilar LG OLED kanyoniga bu hafta tashrif buyurishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют