» » Namanganda yil davomida 12 ming kam ta’minlangan fuqaro jamoat ishlariga jalb etiladi

Namanganda yil davomida 12 ming kam ta’minlangan fuqaro jamoat ishlariga jalb etiladi


Namangan viloyatidagi tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish markazlariga 12 ta Damas avtomashinasi topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samara berayotgani ta’kidlandi. Aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish ham ularni ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan bo‘lib, uning nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy ahamiyati ham katta. 

Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining har jihatdan maqsadga muvofiqligini Namangan tumanida amalga oshirilgan tajriba misolida ham ko‘rish mumkin. Tumanda o‘tgan yilning so‘nggi ikki oyida 600 nafar band bo‘lmagan fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi va bu tajriba o‘zini oqladi. 

“Tumandagi barcha mahallalarda 600 ming metr kvadrat maydon, 2 million 250 ming metr kubga yaqin irrigatsiya tarmog‘i tozalandi, 13 yarim ming tupdan ziyod manzarali daraxtga shakl berildi. Kam ta’minlangan oilalardan jamoat ishlariga jalb etilganlarga noyabr oyi uchun 167 million so‘m ish haqi berildi”, – deydi Namangan tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori vazifasini bajaruvchi S.Jo‘rayev. 

Mazkur tajribadan kelib chiqib, joriy yilning birinchi choragida viloyat bo‘yicha 2 ming, yil davomida esa 12 ming nafar fuqaroni jamoat ishlariga jalb qilish va bu maqsadga 5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. 

Shahar va tuman bandlikka ko‘maklashish markazlari xizmat mashinalari bilan ta’minlanishi bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют